Toshkentdagi «Do‘stlik» bog‘i yaqinida Vinera Tower kompaniyasi qurilish uchun hududdagi 6 tup daraxtni ruxsatnomasiz boshqa joyga ko‘chirib, ularni nobud qilgani ma’lum bo‘ldi. Bunda tabiatga 218,3 mln so‘m zarar yetkazilgani aniqlandi. Kompaniya oldin ham daraxt kesgani uchun 430,5 mln so‘m jarima to‘lagan.
Xovos tumanida ikki fuqaro 9 turdagi 68 dona baliqni noqonuniy ovlangani aniqlandi. Oqibatda hayvonot dunyosiga 47 mln 160 ming so‘m zarar yetkazildi. Holat bo‘yicha to‘plangan hujjatlar prokuratura organiga yuborildi.
Toshkent viloyatining Piskent tumanida daraxtlar kesib tashlangani haqida xabar berildi. Ekoqo‘mitaning ma’lum qilishicha, 93 tup tol qayta tiklash va sog‘lomlashtirish uchun kesilgan. Ushbu amaliyot natijasida tol daraxtlarining o‘suvchanligi yanada oshishini ma’lum qilingan.
Toshkent shahrining Uchtepa tumanida quruvchi tashkilot tomonidan 42 tup daraxt noqonuniy ravishda kesib yuborilgani aniqlandi. Buning oqibatida tabiatga 425 mln so‘mdan ortiq zarar yetkazilgan. Bosh prokuratura tashkilot mansabdorlariga nisbatan jinoyat ishi qo‘zg‘atdi.
Davlat ekologiya qo‘mitasi Zomin va Qizilqum qo‘riqxonalaridagi fotoqopqonlarga tushib qolgan ayiq, to‘ng‘izva shoqol tasvirlarini namoyish qildi.
Shahrisabzda BMT Taraqqiyot dasturi ko‘magida Hisor qo‘riqxonasining tashrif markazi ochildi. Markaz qo‘riqxonaning yovvoyi hayvonlari va faoliyat yo‘nalishi hamda yovvoyi tabiat duch kelayotgan xavf-xatarlar haqida ma’lumot beradi.
Angor tumanidagi 6-sonli bolalar bog‘chasi hududida 43 tup jumladan, mojjevelnik va tuya daraxtlari tag qismidan noqonuniy tarzda kesib tashlanganligi aniqlandi. Davlat ekologik nazorat inspektorlari holatni o‘rganmoqda.
Davlat ekologiya qo‘mitasi 10 ta elektromobil xarid qildi va kelajakda barcha xizmat mashinalarini elektromobillarga almashtirishni rejalashtirmoqda.
Jizzax viloyatining Gagarin shaharchasida 75 tup daraxt atrofi betonlab chiqildi. Ushbu holat tanqidlar ostida qolib ketganidan so‘ng ular atrofi betondan tozalandi, biroq bu yangi savollarni keltirib chiqardi. Daraxtlar tubini asfaltlash va betonlash amaliyoti uzoq yillardan buyon davom etib kelmoqda va oxiri tugamaydiganga o‘xshaydi. Ekopartiya birgina jarima bilan muammo hal bo‘lmasligini ma’lum qildi. Daraxtlar keyinroq qayta o‘tqazildi.
Farhod Dehqonov Toshkent shahar, Bahromjon Jumanov Farg‘ona viloyati ekologiya va atrof-muhitni muhofaza qilish boshqarmasi rahbari etib tayinlandi.
Markaziy Osiyoda birinchi bo‘lib O‘zbekiston Xalqaro tabiatni muhofaza qilish ittifoqining a’zosi (umumiy 92-a’zosi) bo‘ldi.
Qo‘shimcha imkoniyatlardan foydalanish uchun saytda ro‘yxatdan o‘ting